ALFA LIPOY KISLOTASI MEGLUMIN TUZI SHAKLIDA
INFUZIYA UCHUN ERITMA 1,2% - 50 ML FLAKONDA
Taʼsir mexanizmi:
Qoʻllashga koʻrsatmalar:
Metabolizmni yaxshilovchi vosita
Preparatning savdo nomi: Eolin Taʼsir etuvchi modda: tioctic acid Dori shakli: infuziya uchun eritma 1,2% - 50 ml
Tarkibi:
Taʼrifi: sariq rangli tiniq suyuqlik. Farmakoterapevtik guruhi: metabolizmni muvofiqlashtiruvchi vosita.
Farmakologik xususiyatlari Alfa-lipoy kislota organizmda sintezlanadigan va alfa-keto kislotalarining oksidlovchi dekarboksilanishida koenzim vazifasini bajaradigan modda; hujayrada energiyaning hosil boʻlishida muhim rol oʻynaydi. Qonda glyukozaning darajasini pasaytiradi va jigarda glikogen miqdorini oshirishda yordam beradi. Intoksikatsiya yoki ayrim parchalanishlar mahsulotlarining (masalan, keton tanachalari) ortiqcha toʻplanishi sababli alfa-lipoy kislotasi metabolizmining yetishmasligi yoki buzilishi aerob glikolizning buzilishiga olib keladi. Alfa-lipoy kislotasi antitoksik va antioksidant taʼsiriga ega. Alfa-lipoy kislota xolesterin almashinuviga taʼsir qiladi, lipid va uglevod almashinuvini tartibga soladi, jigar faoliyatini yaxshilaydi (gepatoprotektor, antioksidant, dezintoksikatsiya taʼsiri orqali). Alfa-lipoy kislotaning farmakologik xususiyatlari vitamin B guruhiga oʻxshaydi.
Qoʻllanilishi:
Qarshi koʻrsatmalari:
Qoʻllash usuli va dozalari: Preparat v/i tomchilab yuboriladi. Preparatni toʻgʻridan-toʻgʻri flakon orqali yuboriladi (erituvchisiz) katta yoshlilarga 600 mg/sut (flakondagi tarkibi bilan) 30 daqiqa oraligʻida. Davolash kursi 2-4 hafta. Keyinchalik preparatni sutkasiga 600 mg dan qoʻllaniladi.
Chiqarilish shakli: 50 ml shisha flakonda, karton qutisi bilan.
Ishlab chiqaruvchi: "TEMUR MED FARM" MChJ Oʻzbekiston "SIRIUS PHARM INT" uchun ishlab chiqarilgan.